- En
- Ru
- Uz
Lemurlarning oilasida mitti mehmon dunyoga keldi
Lemurlarning oilasida mitti mehmon dunyoga keldi. Bilasizmi? Lemurlarda homiladorlik taxminan 4–5 oy davom etadi. Tug‘ilgandan keyin ona lemur bolasini deyarli doim bag‘rida olib yuradi, chunki ilk haftalarda mittivoylar juda ko‘p mehr va himoyaga muhtoj bo‘ladi. Qiziq tomoni, kichkina lemurlar tug‘ilganidan boshlab juda mahkam ushlaydigan panjalarga ega bo‘ladi. Shu sabab ular avval onasining qorniga, keyinroq esa yelkasiga mahkam yopishib oladi. Mittivoyni va bu mehribon oilani ko‘rish uchun Toshkent hayvonot bog‘iga albatta tashrif buyuring.
