- En
- Ru
- Uz
Toshkent hayvonot bog‘ida quvonchli yangilik!
Bizning tojdor turnalar oilasida birdaniga ikkita jajji polapon dunyoga keldi. Mittivoylar allaqachon atrof olamni qiziqish bilan o‘rganmoqda va yo‘lida uchragan hamma narsani cho‘qib ko‘rishga ulgurmoqda: bir-birini, ota-onasini, hatto havoni ham. Ona va ota turnalar sho‘x polaponlarini mehr bilan parvarish qilayotgan bir paytda, sizni ham ushbu jajji sho‘x turnalar bilan tanishishga taklif qilamiz.
